Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatimizdan 2020 yilning 10 oyida chet elga qiymati 4,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 9,9 ming tonna quritilgan sabzi eksport qilgan. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 ming tonnaga ko`p.
O`zbekiston quritilgan sabzini eng ko`p eksport qilgan davlatlar:
- Qozog`iston – 9,4 ming tonna
- Rossiya – 373,1 tonna
- AQSh – 131,3 tonna
- Germaniya – 26,4 tonna
2020 yilning 1 noyabr holatiga ko`ra, quritilgan sabzini eng ko`p eksport qilgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 4,8 ming tonna
- Samarqand viloyati – 3,5 ming tonna
- Namangan viloyati – 524,6 tonna
- Toshkent shahri – 276,9 tonna






