AsosiyShou-biznes

Dilnoza Kubaeva: “Turmush o`rtog`im og`ir xastalikka chalinganda yonimda hech kim bo`lmadi”

O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining iqtidorli talaba-qizlari tomonidan tashkil etilgan “Girls Devolepment club”ning navbatdagi mehmoni aktrisa Dilnoza Kubaeva bo`ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Davra suhbatida aktrisa talabalar tomonidan shaxsiy hayoti va ijodi yuzasidan berilgan savollariga javob berdi.

“Turmush o`rtog`im og`ir xastalikka chalingan paytlari   oila a`zolarim yonimda bo`la olmay qolishdi. Deyarli yolg`iz qolib ketdim.Mashina haydashni bilmayman, taksida ketaman,  ko`zoynakda bo`lsam ham haydovchilar tanib qolib savolga tutishadi. O`sha mahal yuragimga hech narsa sig`masdi. Chunki turmush o`rtog`im o`lim to`shagida yotibdi. Shunaqa kunlar bo`ldiki,  oddiygina tabassum qilishga qiynalardim. Chaqalog`im haqida turli tuhmatlar,  bo`lmagan gaplar...Shunday vaziyatlarda baxtli kunlarning qadriga etar ekansan”,- deydi aktrisa.

    Boshqa yangiliklar