AsosiyJamiyat

Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi

'Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi'ning rasmi

Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (739-son, 21.11.2020 y.) qabul qilindi.  

Qarorga ko`ra, etim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar ta`lim muassasalari (davlat tarbiya, davolash-sog`lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, akademik lisey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da, shuningdek OTMda ta`lim-tarbiya oladigan muddatda to`liq davlat ta`minotida bo`ladi.

Ta`lim muassasalarida o`quvchilarning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (446 ming so`m) pul mablag`lari to`lanadi.  

To`liq davlat ta`minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta`minlash, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo`ladi.  

Davlat ta`minotida bo`lgan bolalarga ta`lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so`m), yo`l xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so`m) miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi. 

    Boshqa yangiliklar