AsosiyJamiyat

Buxoroda kafe oldida qoldirilgan "Kobalt" olib qochildi

'Buxoroda kafe oldida qoldirilgan "Kobalt" olib qochildi'ning rasmi

19 noyabr kuni soat 23:49 da Buxoro shahar IIO FMB Navbatchilik qismiga, shaharning Gazli shoh ko`chasida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan I.I. telefon orqali xabar qilib¸ A.Yassaviy ko`chasi 1-uyda joylashgan “Maroqand” kafesi oldida turgan boshqaruvidagi oq rangli, “Kobalt” avtomashinasini noma`lum shaxs olib qochib ketganligini bildirgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu murojaat Navbatchilik qismida zudlik bilan qayddan o`tkazilib, hodisa sodir bo`lgan joyga chiqqan tergov-tezkor guruhi tomonidan kechiktirib bo`lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Viloyat IIB, shahar IIO FMB hamda viloyat YHXB xodimlaridan iborat tuzilgan tergov tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgan ushbu avtomashina Buxoro shahar Gulshan ko`chasida joylashgan sud tibbiy ekspertizasi binosi oldida qoldirib ketilganligi aniqlangan.

Shundan so`ng jinoyatni sodir qilgan noma`lum shaxsni aniqlash maqsadida keng qamrovli tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borildi va natijada ushbu jinoyatni Buxoro shahar Xo`ja Tabband ko`chasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan yakka tartibda ishlovchi, S.Q. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etildi.

Hozirgi kunda o`zganing transport vositasini olib qochish jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinayotgan S.Q.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar