1

Angrenda ammasining qizini himoya qilgan yigit 3 zo`ravon tomonidan kaltaklandi. Jabrdiyda jonlantirish bo`limida

Jamiyat 24.11.2020, 22:19
Teglar: Angren
Angrenda ammasining qizini himoya qilgan yigit 3 zo`ravon tomonidan kaltaklandi. Jabrdiyda jonlantirish bo`limida

Toshkent viloyati. 19 yoshli Husniddin O., fuqaro Jamshidbek I.,ning ammasining qiziga gapirganligi sababli, 2020 yilning 17 noyabr kuni o`zaro janjallashgan vaqtida, Jamshidbek I., fuqaro Husniddin O.,ning yuziga tarsaki tushurganligi sababli, 2020 yilning 18 noyabr kuni soat 13:00 da, Husniddin O., o`zining qarindoshlari 21 yoshli Zuxriddin O., va 18 yoshli Baxtiyor A., lar bilan birga o`ch olish maqsadida, Angren shahar, Ibn Sino mahallasida joylashgan «Nur» to`yxonasining orqa qismida, tanishi 18 yoshli Jamshidbek I., bilan o`zaro janjallashgan vaqtida, Husniddin O., Zuxriddin O., va Baxtiyor A., lar qo`l-oyoqlari bilan Jamshidbek I.,ni tanasining turli joylariga urib tepib tan jarohati etkazganlar.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada Jamshidbek I., tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, Jamshidbek I., “og`ir” tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha Husniddin O., Zuxriddin O., va Baxtiyor A., lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Angrenda 18 yoshli qiz o`zini osib qo`ydi

07.02.2023, 11:43

Toshkent viloyatida 18 yoshli qiz osilgan holatda topildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 28 yanvar kuni  soat taxminan...
Angren neft bazasida truba yorilib 11,5 ming litr benzin oqib ketdi, odamlar idishlarda solib olishmoqda (video)

12.12.2022, 09:10

Ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda neft bazada truba yorilib, juda katta miqdordagi toza benzin oqib ketayotgani va odamlar idishlarga solib olayotgani aks etgan video tarqldi.Holat bo`yicha korxona...
Angrenda ko`mir ortilgan poezd vagonlari nima uchun "qo`lagan"iga oydinlik kiritildi  

19.12.2021, 20:00

Bugun,  soat tahminan 05:03da Toshkent viloyati Angren shahridan 19 km sharqiy yo`nalishda joylashgan “O`zbekko`mir” AJga qarashli “Angren ko`mir koni”ning (razrez) hududidagi temir yo`lda poezd vagonlari...
Angrenda 11 yoshli qiz "Seftriakson" dori vositasi sabab vafot etdi

30.10.2021, 00:28

Ma`lumotda voqea joriy yilning 20 oktyabrida sodir bo`lgani, surunkali bronxit sabab muntazam davolanib keladigan 11 yoshli bemor shifokor ko`rsatmasiga binoan «Seftriakson» antibiotigini qabul qilgani aytiladi.Ukol...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1