AsosiyJamiyat

COVID-19 vaksinasini YuNISEF 90dan ortiq davlatlarga etkazib berishni va`da qilmoqda

'COVID-19 vaksinasini YuNISEF 90dan ortiq davlatlarga etkazib berishni va`da qilmoqda'ning rasmi


YuNISEF COVID-19 vaksinasini tarqatish bo`yicha maxsus operasiya ustida ishlamoqda.  Dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlariga  vaksinani tezkor etkazib berilishini ta`minlash uchun jamg`arma 350dan ortiq kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg`armasi (YuNISEF) COVAX mexanizmi doirasida dunyoning 92 mamlakatiga koronavirusga qarshi vaksinani zudlik bilan etkazib berishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yishgan. Va bu borada jadallik bilan faoliyat yuritishmoqda. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, BMT dunyodagi yirik aviakompaniyalarga vaksinani etkazib berishni keng ko`lamda  o`tkazish to`g`risida ma`lumot berdi va ular bilan kelgusi yilda taxminan 2 milliard dozadagi vaksinani tashish yo`llarini muhokama qilindi. Yana 1 milliard dozadagi vaksinani dengiz orqali tashish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, YuNISEF davlatlarga vaksinani uzluksiz etkazib berishni ta`minlash borasida mavjud transport  salohiyatlarini hamda imkoniyatlarini baholashni o`z zimmasiga oladi.

"COVID-19 vaksinalarini sotib olish, etkazib berish va tarqatish , eng shiddatli, eng tezkor bo`lishi kutilmoqda", deydi YuNISEFning xaridlar bo`yicha rahbari.

 


  •  

    Boshqa yangiliklar