"GALANZ Bottlers kompaniyasi O`zbekistonda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirmoqda."-deya xabar beradi UzDayli.uz. Bu haqda Qozog`iston ishbilarmonlarining Toshkent hokimi Jaxongir Ortiqxo`jaev bilan uchrashuvi davomida ma`lum qilindi.
Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo`jaev Qozog`istondan kelgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashib, sanoat, qurilish, tibbiyot, landshaft dizayni va turizm sohalarida istiqbolli investisiya, tomonlararo manfaatli loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildilar.
GALANZ Bottlers kompaniya rahbariyati O`zbekistonda hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida, alkogolsiz ichimliklar zavodi qurilishi loyihasini amalga oshirishni niyat qilganligini ta`kidlashdi. Ma`lumot uchun zavod muzlatilgan choy, gazlangan ichimliklar va suv ishlab chiqaradi.
GALANZ Bottlers, shuningdek, O`zbekistondan Qozog`istonga kolbasa, makaron, konserva va qandolat mahsulotlarini olib kirmoqchi.
25.11.2020 01:07
GALANZ Bottlers kompaniyasi O`zbekistonda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan zavod qurmoqchi
