2020 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 039 (+192) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 11 nafari Farg`ona viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 605 nafarga etdi.
️ Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,
- Jizzax viloyatida 7 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg`ona viloyatida 9 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 43 nafar,
- Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 69 302 (+184) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2132 nafar bemordan 199 nafari og`ir, 50 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






