AsosiyJamiyat

#onlayn "Bu biz uchun favqulodda holat". Adliya vaziri DXAlarda "INN" olish uchun pul so`ralayotganiga munosabat bildirdi

'#onlayn "Bu biz uchun favqulodda holat". Adliya vaziri DXAlarda "INN" olish uchun pul so`ralayotganiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Feysbuk ijtimoiy tarmog`i orqali fuqarolar bilan onlayn muloqot o`tkazmoqda. 

Unda fuqarolar tomonidan kelgan murojaat va savollarga vazirning shaxsan o`zi javob bermoqda. 

"Biz DXAdan INN olish uchun borsak pullik deyishyapti. To`lovni plastik orqali to`laymiz desak, faqat naqd to`lashni talab qilishyapti. Shu qonuniymi?" - deya savol berdi Buxoro tumanidan Dinora To`raeva. 

— Yo`q, bu noqonuniy! INN berish uchun hech qanday to`lov amalga oshirilmaydi. Agar sizda aniq holat aks etgan daliliy ashyolar, foto yoki video bo`lsa bizga tashlab bering, biz uchun bu favqulodda holat. Bunga, albatta, chora ko`ramiz. Biz bu sohada noqonuniylik bo`lmasligi uchun juda kurashyapmiz. Hatto fuqarolar DXAlarda, notariuslarda qaysi xizmatlar uchun qancha miqdorda pul to`lanishini bilishlari uchun "SMS" yuborish tizimini ham yo`lga qo`yganmiz. Keyin shuni aytish kerakki, ular bu xizmatlarni tekinga qilayotani yo`q, hattoki ularning olayotgan haqlari juda kam ham emas, ular yaxshigina maosh olishyapti. Hattoki xususiy notarius bo`lsa ham. DXAlarda ham xodim ko`rsatgan xizmatidan o`ziga daromad kelib tushish tizimi yo`lga qo`yilgan. Bu ham bo`lsa, o`g`rilik qilmasin, fuqarolardan pul talab qilmasin degan maqsadda amalga oshirilmoqda. Agar shunday holatda ham yuqorida aytilgani kabi noqonuniy harakatlar qilinayotgan bo`lsa, biz bunday xodimlarga nisabatn qattiq chora ko`ramiz", -dedi Adliya vaziri.

Shuningdek, qo`shimcha qilinishicha, Toshkent shahrida 50 foiz DXA xodimlari attestasiyadan o`ta olmagan. Shunga ko`ra, 2021 yil Adliya vazirligida DXA yili deb nomlanadi.   

    Boshqa yangiliklar