Aminov Shohrux Azamatovich Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Ma`lumot o`rnida:
Shohrux Aminov 1981 yilda tug`ilgan, ma`lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
U bungacha Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Bundan avvalroq Sirdaryo viloyatining sobiq prokurori Masharipov Ravshan Rajabbaevich Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.






