Xitoyliklar Maymun yilini taqvim bo`yicha eng yaxshi burjlardan biri deb hisoblaydi.
Maymun yilida Xitoyda chaqaloqlar soni keskin oshishi mumkin. Ushbu holat mazkur burjning xitoyliklar ta`biri bilan aytganda, omadli ekanligi bilan bog`liq.
Sharqiy taqvim bo`yicha Maymun yili 8 fevralda kirib keladi. Munajjimlar bashoratiga ko`ra, ushbu yilda tug`ilganlar hayotida juda katta muvafaqqiyatga erishadi. Shu sababli aksariyat xitoyliklar farzandni aynan mana shu yil ko`rmoqchi.
Maymun Xitoy hayvonlar burji turkumidagi to`qqizinchisi sanaladi. U suv unsuri bilan bog`liq bo`lib, topg`irlik, ziyraklik va intiluvchanlikni anglatadi.





