AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligi 1 mlrd so`m mablag`ni Prezident portretlarini sotib olishga sarflagan

'Toshkent shahar hokimligi 1 mlrd so`m mablag`ni Prezident portretlarini sotib olishga sarflagan'ning rasmi

Toshkent hokimining boshqaruv apparati 4965 dona Prezident portretlarini sotib olgan. Ularning umumiy qiymati 999,05 million so`mga teng. Bu haqda ma`lumotlarni Davlat xaridlari portaliga yuklangan hujjatda ko`rish mumkin, deb yozadi bloger Otabek Bakirov.

2020 yil 19 maydagi shartnomaga ko`ra, portretlar «Kolorpak» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Buyurtmaga ko`ra, har biri 200 ming so`mlik 2894 dona 59×71 lik portret (jami 665,6 million so`m), hamda 2071 dona 49×42lik portret (jami 333,4 million so`m) sotib olingan.

Ma`lumot uchun, «Kolorpak» tomonidan chiqarilgan Prezident portretining ulgurji narxlari 322 ming so`m (59×71sm) va 207 ming so`mni (49×42) tashkil qiladi.

Avvalroq «Kolorpak»ning iyun oyida yangi «Ta`lim» darsligining 6 million nusxasini va «Informatika» bo`yicha 2 million nusxasini nashr etish bo`yicha bosh pudratchisiga aylangani haqida xabar berilgandi. Kompaniya shartnomani o`quv yili boshlanishidan 2,5 oy oldin qabul qildi va boshqa noshrlar bilan tuzilgan shartnomalar o`zgartirildi.

Muassislar tarkibi 

Foto: «Gazeta.uz»

«Kolorpak» kompaniyasining «Gazeta.uz»ga ma`lum qilishicha, kompaniya tugatilgan va boshqa STIR bilan qayta tashkil qilingan. 24 noyabr holatiga ko`ra, Abror G`aniev ta`sischilar ro`yxatiga kiritilmagan.

Foto: «Gazeta.uz»

Korxonalar va tashkilotlarni ro`yxatga olish bo`yicha yagona davlat reestridagi ma`lumotlarga ko`ra, «Kolorpak» matbaa uyi 2004 yil may oyida ro`yxatga olingan.

Kompaniyaning ta`sischilari — Shuhrat Yoqubjonovich Ahmedov (34,4 foiz), Ismoil Erkinovich Isroilov (34,4 foiz) va Zo‘r TV telekanali (31,2 foiz). Ahmedov (50 foiz) va Isroilov (50 foiz), shuningdek, Zo‘r TV teleradiokompaniyasiga ham egalik qilishadi.

Shuhrat Ahmedov «Vodiy sadosi» radiostansiyasining raisi bo`lib, «Tasvir» nashriyot uyining («Tasvir» jurnali, «Optovik» haftaligi) 65 foiz, doimiy tarzda nashrlar va jurnallar chiqaradigan East Star Media’ning 33 foiz ulushiga egalik qiladi (boshqa asoschilar — Firdavs Abduxoliqov, Baxtiyor Fozilov va Timur Rasulov). 2018 yilda «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Ismoil Isroilov Whitecity Construction, High Land City, Technologi De Lavenir, Pro FM, Discover-Invest Durable Beton, Techno Logistic Construction, Crystal Paint, Master Pack va boshqa kompaniyalarda ulushlarga ega. U ilgari Akfa Engineering and Management direktori va direktor o`rinbosari bo`lib ishlagan.

«Gazeta.uz» dastlabki ma`lumotlarda «Kolorpak» qayta tashkil etilguniga qadar bo`lgan muassislarning tarkibini e`lon qilgandi. Aniqlik kiritilishicha, bugungi kunda (24 noyabr holatiga ko`ra) Abror G`aniev kompaniya asoschilari ro`yxatiga kiritilmagan.

    Boshqa yangiliklar