Bugun, 25 noyabr kuni xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiyada viloyat hokimi G`ofurjon Mirzaev ishtirok etdi.
Sessiya ishida tashkiliy masala ko`rib chiqildi.
Mirzakulov Batirjon Kazakbaevich boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan O`ktamjonov Farrux O`ktamjonovich tayinlandi.
Ma`lumot o`rnida, Farrux O`ktamjonov 1985 yilning 19 sentyabrida Sirdaryo tumanida tug`ilgan. 2007 yilda O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan.






