Uchtepa tuman “Tashmoloko” nasos inshoatida nosozlik sodir bo`ldi. Bu haqda Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha ushbu nosozlik sabab, 2020 yil 26 noyabr kuni soat 9:00dan 21:00 gacha quyidagi manzillarda suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi:
11 – mavze
2-uy, 8-20-uylar, 23-24- uylar, 28-50-uylar, 53-uy, 56-64-uylar, 1-uy, 1A-uy, 340-sonli MTT, 74-sonli umumta`lim maktab, Akademik lisey, “Chiroy” klinikasi, Hunarmandchilik kolledji, elektr podstansiya, “Shuxrat” savdo majmuasi.
12 – mavze
1-12-uylar, 15-27-uylar, 6A-uy, 32-49-uylar, 50-51-uylar, 34A-34B-uylar, 54-64-uylar, 283-sonli umumta`lim maktab,189-umumta`lim maktab, 16-sonli musiqa maktab, 334-sonli MTT, 328-sonli MTT, 341-sonli MTT, “Yuridik” kolledj, “Urologik” markaz.
26 – mavze
10A-uy, DSI, Dizayn kolledji, 26-mavzeda joylashgan qolgan ko`p qavatli uylarda ichimlik suv bosimi pasayadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz.






