AsosiyJamiyat

Shahrisabzlik yigitlar Oqsaroy yodgorligi va Amir Temur haykali oldiga mashinalarini olib kirib, xavfli manyovrlar qilishdi. Kuzatuv kameralari "qahramonlar"ni fosh qildi

'Shahrisabzlik yigitlar Oqsaroy yodgorligi va Amir Temur haykali oldiga mashinalarini olib kirib, xavfli manyovrlar qilishdi. Kuzatuv kameralari "qahramonlar"ni fosh qildi'ning rasmi

2020 yilning 18 noyabr kuni soat 21:20 larda Shahrisabz shahar “A.Temur” xiyoboniga kirishdagi 3 ta asosiy yo`l chetida o`rnatilgan avtotransport vositalarini kirishini taqiqlovchi yo`l belgilari o`rnatilganligiga qaramasdan Shahrisabz shahrining “Zingiron” MFYda yashovchi N.N., “Qushxona” MFY da yashovchi S.A., “Navro`z” MFYda yashovchi N.A. va “Qo`shxovuz” MFYda yashovchi A.S.lar boshqaruvida bo`lgan avtotransport vositalarida xiyobon hududiga piyodalar yo`lakchasi orqali kirgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB AXborot xizmati xabar bermoqda.  

 Ma`lum bo`lishicha, ular dastlab, Oqsaroy tarixiy yodgorligi, so`ngra Amir Temur haykalining old qismidagi zinalarga avtomobillarning orqa g`ildiragini chiqarib, transport vositalari yordamida xavfli manyovrlarni amalga oshirib, jamoat tartibini va fuqarolaraning osoyishtaligini buzishgan. 

Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan huquqbuzarlik sodir etganligi holati xiyobon hududida o`rnatilgan kuzatuv kamerlari orqali aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi YHXG YPX inspektorlari Sh.Nosirov va N.Xo`jaevlar tomonidan yo`l xarakati qoidalarining 3.1 taqiqlovchi belgisiga amal qilmaganligi sababli fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar