Taxminan 30 daqiqa oldin Chinoz tumanidagi “Paxta Neftbazasi”da 5 ming tonna sig`imli yoqilg`i sisternasi yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Bir necha daqiqada yong`in sodir bo`lgan joyga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong`in-qutqaruv ekipaji etib kelgan. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligining to`liq nazorati ostida. Qutqaruvchilarning so`zlariga ko`ra, yong`inni to`liq bartaraf etish uchun taxminan 1 soat vaqt ketadi. Ayni vaqtda qurbonlar to`g`risida ma`lumtlar kelib tushmagan.


Ijtimoiy tarmoqlarda yong`in aks etgan videolar paydo bo`ldi.
Vaziyatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.