Argentina prezidenti Alberto Fernandes futbolchi Diego Maradonaning vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e`lon qildi. Bu haqda rbc.ru yozdi.
Shuningdek, prezident o`z tvitterida futbolchining o`limiga munosabat bildirdi. “Siz bizni dunyoning eng yuqori cho`qqisiga ko`tardingiz. Siz bizni nihoyatda xursand qildingiz. Siz buyuk edingiz. Rahmat Diego. Biz sizni butun umr sog`inamiz ", deb yozdi u.
Ma`lumot o`rnida: Diego Maradona 60 yoshda edi. Noyabr oyida afsonaviy futbolchi qon ketishi sababli miyasida operasiya qilingan, ammo ikki hafta oldin kasalxonadan chiqarilgan. Kecha, 25 noyabr kuni u o`z uyida yurak xurujiga uchradi.
Argentina terma jamoasidagi Maradona 1986 yilda chempionatning eng yaxshi o`yinchisi unvoniga sazovor bo`lib, jahon chempioni bo`ldi. U milliy jamoada 1977 yildan 1994 yilgacha o`ynagan. U faoliyati davomida jami 687 uchrashuvda maydonga tushib, 363 gol urgan. 2008 yildan 2010 yilgacha u Argentina terma jamoasini boshqargan. U mutaxassislar tomonidan bir necha bor tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida tan olingan.
Mavzuga doir: