Plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar taslim bo`lmayapti: ular insonlarning ishonchlaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda.
Banklar va qonunni muhofaza qiluvchi organlar muntazam ravishda, pulidan ehtiyotsizlik oqibatida mahrum bo`lgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqlar. Firibgarlar qanday usullardan foydalanishlari va ularning tuzog`iga qanday qilib tushmaslikni sizga tushuntirib o`tamiz.





So`nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari tez-tez quloqqa chalinmoqda, shu sababli sizlarni ham hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz.
O`zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat`iy rioya qilishingizni so`raymiz:
O`z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
Tekshirish uchun SMS tasdiq kodini hech kimga ko`rsatmang;
Shubhali shaxslarga pul o`tkazmang;
Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko`rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.
Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo`yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo`ng`iroq qilmaydi.
Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o`zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo`lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni echib olish. Agarda sizga bunday qo`ng`iroq kelib tushgan bo`lsa, e`tibor bermang.






