Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkelning obro`si tushishda davom etmoqda. ZDF telekompaniyasi so`rovlariga ko`ra, so`nggi oyda uning Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian-sosial ittifoqidan tarkib topgan partiya konservativ bloki reytingi 2 foizga tushib, 37% tashkil qilgan.
So`rovnomada ishtirok etganlarning bunday qaroriga Kyolnda yangi yil kechasi sodir etilgan yuzlab ayollarning muhojirlar tomonidan zo`ravonlik qurboniga aylangani sabab bo`ldi.
Kyoln voqealari aksariyat nemislarning fikrini o`zgartirdi: agar dekabrda Germaniya xalqining 47% hukumat siyosatini oqlagan bo`lsa, bir oy ichida ularning soni 39% gacha tushdi.
46 dan 60% aholi Germaniya qochoqlar oqimini eplay olmaydi deb hisoblamoqda.
Merkel reytingining tushishi o`tgan yilning sentyabr oyidayoq muhojirlar muammosi sababli boshlangan edi.





