Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarni qiyoslash masalasida vakolatli tashkilotlarning ayrim nopok xodimlari tomonidan fuqarolardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan to`lovlarni undirish bilan bog`liq holatlarga duch kelinayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Avvallari, hisoblagichni echish uchun ta`minotchi tashkilotga (“RES”, “raygaz” “suvsoz”) ariza topshirish kerak edi. So`ng, qiyoslashdan o`tkazish uchun qurilmani “O`zstandart” agentligiga olib borishi kerak edi. U erda arizachidan turli miqdordagi mablag` yig`ib olinar edi. Bundan tashqari, qiyoslash narxini belgilashda shaffoflik va oshkoralik mavjud emasdi. Qiyoslash o`tkazilgandan so`ng arizachi mustaqil ravishda qurilmani olib, keyin mas`ul tashkilotga hisoblagich o`rnatish uchun ariza topshirar edi.
Sir emas, ko`pchilik ortiqcha ovoragarchilikni oldini olish uchun mas`ul xodimlar bilan muayyan mablag` evaziga «kelishar» edi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha tadbirlarni esa tashkilot xodimi o`zi amalga oshirgan.
️Endilikda esa, 2019 yil 1 noyabridan boshlab, kommunal xizmatlari “schetchiklarini” qiyoslash uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki elektron tarzda my.gov.uz portali orqali qabul qilinmoqda.
Bundan ko`zda tutilgan asosiy maqsad — avvalgi tartibda mavjud bo`lgan korrupsion holatlarga chek qo`yish, mazkur xizmatlarni ko`rsatish uchun aniq muddatlar va tartibni belgilash. Bu bilan fuqarolarga qulaylik yaratish edi, aslida.
Quyidagi xabarda keltirilgan holat Davlat xizmatlari agentligining mas`ul xodimlari tomonidan o`rganildi va unda ko`rsatilgan qonun buzilishiga yo`l qo`ygan aybdor xodimga tegishli chora ko`rilishi ta`minlandi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 215.5-moddasiga asosan:
- davlat xizmatlari ko`rsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda;
- davlat xizmatlari ko`rsatish chog`ida murojaatlarni ko`rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda;
- arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda;
- davlat xizmatlari ko`rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig`ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi
Davlat xizmatlari agentligi organlari tomonidan quyidagi turdagi ma`muriy jazo choralarini qo`llashga asos bo`ladi:
️mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, — mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o`n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
m/davxizmat/) · Youtube (https://www.youtube.com/channel/UClawRQQ2Rf7D40UXSqdc8Qw) · DXA_lotinda (https://t.me/davxizmat_lotin)






