AsosiyJamiyat

O`zbekistonda muomaladagi plastik kartochkalar soni 16 milliondan oshdi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kengaytirilgan Boshqaruv majlisida bank tizimining 2015 yildagi faoliyati yakunlari va shu yilning 15 yanvarida respublika Hukumati majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalarining o`z vaqtida va to`liq hajmda ijro etilishini ta`minlash masalalari ko`rib chiqildi.

Yig`ilishda qayd etilishicha, hisobot yilida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlarining ulushi 88 foizga etib, bu ko`rsatkich ham 2014 yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyod oshdi. Bu esa, aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlariga zamonaviy bank xizmatlari ko`rsatish sifati va ko`lamini kengaytirish borasida ko`rilayotgan maqsadli chora-tadbirlarning samarasidir.

Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirishga ham alohida e`tibor berilmoqda. Muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni yil sayin ortib, ularning umumiy soni bugungi kunga kelib 16,3 mln. donadan oshdi, savdo va xizmat ko`rsatish shaxobchalariga o`rnatilgan hisob-kitob terminallari soni esa 183,1 mingtaga etdi.

 

    Boshqa yangiliklar