AsosiyJamiyat

Shirin shahrida beton to`siqqa urilgan "Neksiya" yonib ketdi

'Shirin shahrida beton to`siqqa urilgan "Neksiya" yonib ketdi'ning rasmi

26 noyabr kuni soat taxminan 23:50 larda Shirin shahar hududidan o`tuvchi A-376 avtomobil yo`lining 189-kmda 1987 yilda tug`ilgan haydovchi "Neksiya"avtotransport vositasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo`qotib beton to`siqqa urilgan. 

Bu haqda xabar bergan Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, YTH natijasida avtomashinadan yong`in chiqib yongan. Yong`in natijasida tan jarohat olganlar yo`q. Yong`in sababi natijasi o`rganilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar