AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ba`zi iste`molchilar belgilanganidan ko`p gaz ishlatyapti - «O`ztransgaz» aholiga murojaat yo`lladi

'O`zbekistonda ba`zi iste`molchilar belgilanganidan ko`p gaz ishlatyapti - «O`ztransgaz» aholiga murojaat yo`lladi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda  «O`ztransgaz» AJ axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova «O`ztransgaz» aholiga murojaat yo`lladi.

Unda aytilishicha, «Hududgazta`minot» taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, smart dasturlar orqali ba`zi abonentlarning bir oyda 7 ming kub metrgacha gaz iste`mol qilishi aniqlanyatpi.

" -  Vaholanki, ushbu uylarni gazlashtirish texnik loyihalariga ko`ra, bu ko`rsatkich 1000 metr kubdan oshmasligi kerak.

Iste`molchilar tomonidan tabiiy gazning ortiqcha iste`mol qilinishi bilan bog`liq shu kabi ayrim holatlar qo`shni xonadon, yaqin atrofdagi mahallalar va umuman tumanlarning tabiiy gaz bilan ta`minlanishiga salbiy ta`sir qilmoqda.

 Shuningdek, qator tumanlarda yakka tartibdagi uy xo`jaliklari tomonidan parrandachilik xonalari, issiqxonalarni isitish, yashirin ohak pechlarini yoqish yoki o`sha manzillardagi xonadonning gazlashtirish loyihasiga kiritilmagan qo`shimcha gaz uskunalaridan foydalanilishi oqibatida tabiiy gazni me`yordan ortiq sarflash holatlari aniqlangan.

Aziz yurtdoshlar, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanaylik!" , deyildi murojaatda.

 

 

    Boshqa yangiliklar