AsosiyJamiyat

Kirakash jurnal muxbirini kaltaklab, “o`ldi” degan gumonda Toshkent yaqinidagi dala chetidagi ariqqa tashlab ketishgan

'Kirakash jurnal muxbirini kaltaklab, “o`ldi” degan gumonda Toshkent yaqinidagi dala chetidagi ariqqa tashlab ketishgan'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vazirligiga qarashli “O`zbekiston qishloq xo`jaligi” jurnali muxbiri Baxtiyor Esonov 21 noyabr kuni noma`lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, dala chetidagi ariqqa tashlab ketildi.

Esonovning yaqinlari hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi klinikasida muolaja olayotgan jurnalistning ahvoli qoniqarli ekani aytgan. 

Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tergov bo`limi jurnalistga hujum qilgan ikki nafar shaxs qo`lga olinganligini, ularning yonidan jurnalist Baxtiyor Esonovning 1,1 million so`m puli, Redmi rusumli uyali aloqa telefoni hamda xizmat guvohnomasi topilganligini ma`lum qilgan

Dastlabki surishtiruvlarga ko`ra, 21 noyabr kuni ishdan qaytayotgan muxbir xususiy kirakashlar mashinasiga o`tirgan. Haydovchi Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qo`rg`oniga etmasdan rulni yaydoq dala chetiga burib, jurnalistdan pul va boshqa ashyolarini chiqarishini talab qilgan. So`ngra uni ikki noma`lum shaxs uni urib, “o`ldi” degan gumon bilan dala chetidagi ariqqa tashlab ketishgan.

Shifokorlar xulosasiga ko`ra, kaltaklanish oqibatida jurnalistning tishlari singan, tanasida og`ir gematoma asoratlari bor, bosh qismida esa jiddiy jarohatlar mavjud.

Shuningdek, uning tana qismida ko`plab shilinmalar, ichki qon ketishi va tana a`zolarining sinishi bilan bog`liq jarohatlar bor.

Ayni paytda B. Esonovning o`zi kaltaklanishiga kasbiy faoliyati sabab bo`lgani ehtimoldan yiroq ekanini qayd etdi.


 

    Boshqa yangiliklar