Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan yo`llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7.00-10.00 va kechki 17.00-20.00 vaqtlar oralig`ida Toshkent shahriga og`ir yuk tashuvchi transpoprt vositalarining kirib chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev xabar qildi.
"Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Agar deputatlar bu qarorni qabul qilishsa Toshkentda tirbandliklar biroz bo`lsa ham kamayadi, deb umid qilamiz", deyilgan Kusherbaev xabarida.






