2016-2017 yillarda dunyoda ishsizlar soni 200 millionga etadi

Dunyo 20.01.2016, 12:15
2016-2017 yillarda dunyoda ishsizlar soni 200 millionga etadi

Buning asosiy sabablari sifatida iqtisodiy tomondan rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o`sishning pasayishi bilan bog`liq deb aytilmoqda.

Dunyoda ishsizlar soni 2016 va 2017 yillarda o`sishda davom etadi va 200 mln kishidan ortadi. Bunday prognoz Halqaro mehnat tashkiloti tomonida chop etildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2015 yilda dunyo iqtisodiyotining o`sishi 3,1% foizni tashkil qildi, bu esa prognozdan 0,5% kam. Iqtisodiyotning bunday "ojizlashishi" ishsizlik soni o`sishining davom etishiga olib keladi.

Prgonozlarga ko`ra, ishsizlar soni 2016 yilda chamasi 2,3 million, 2017 yilda 1,1 millionga ortib, 200,5 millionga etishi mumkin.

Asosiy sabablar sifatida iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan Xitoyda o`sish suratlarining pasayishi, shuningdek, Rossiya va Braziliya kabi homashyo mahsulotlarining yirik etkazib beruvchilarida narxlarning tushishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1