Ichki ishlar vaziri o`rinbosari A.Ikramovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi majlisida bergan axborotida bu haqida aytib o`tildi, deya yozdi deputat Rasul Kusherbaev.
Vazir o`rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko`ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to`liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi. Bu jarayon 2021 yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda.






