AsosiyJamiyat

1 dekabrdan kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda

'1 dekabrdan kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shu yilning 1 dekabridan yurtimizda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda SSV xabar qildi. 

Bunda kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat`iy rioya qilinishi belgilab qo`yildi:

•fukarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig`ida ijtimoiy masofani ta`minlagan holda joylashtirish;

•xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;

•har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37 S va undan yuqori bo`lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo`lmagan hollarda ob`ektga kiritmaslik choralarini ko`rish;

•har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar