Avvalroq Qirg‘izistonda rus tilidan rasmiy maqomni olib tashlash taklif etilgani haqida xabar qilgan edik. Rus tili Qirg‘izistonda rasmiy maqomda qoladigan bo‘ldi. Bu haqda konstitusiyaviy yig`ilishning "Inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari" bo`limining rahbari Nurlan Sheripov onlayn brifingda ma`lum qildi deb xabar berdi 24.kg axborot kanali.
Uning so`zlariga ko`ra, turli takliflar bo`lgan, ammo konstitusiyaviy yig`ilish a`zolari asosiy qonunda qirg`iz tilini - davlat, rus tilini mamlakatning - rasmiy tili sifatida qoldirishga qaror qilishdi.
“Rus tili rasmiy til bo`lib qolmoqda. Konstitusiyaviy yig`ilishda qirg`iz tili davlat tili, rus tili esa rasmiy til sifatida tasdiqlandi. Ingliz tilini joriy etish bo`yicha takliflar bo`lgan, ammo biz ushbu qismdagi Konstitusiyaning matnlari saqlanib qoladi deb o`ylagan edik », dedi u.
Kecha konstitusiyaviy yig`ilish a`zosi Sadirdin Toraliev rus tilini rasmiy maqomidan mahrum qilishni taklif qildi. Chunki, yoshlar qirg`iz tilida gaplashishni to`xtatdilar. Bu keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`ldi.
27.11.2020 18:53
Rus tili Qirg`izistonning rasmiy tili bo`lib qolmoqda






