Avval xabar berganimizdek, 2020 yilning 28 noyabr kuni “Qamchiq” dovonida qor ko`chkisi xavfi bo`lganligi sababli FVV va IIV tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatilgan edi.
FVVning xabar berishicha, yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator xizmatlarning maxsus texnikalari yordamida yo`llar qordan tozalanib, muzlamalarning oldini olish uchun qum-tuz aralashmasi sepildi.
O`zgidromet xulosasiga ko`ra, 2020 yil 28 noyabr soat 11:30dan boshlab “Qamchiq” dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi.






