28-noyabr, shanba kuni Kievda bo`lib o`tgan ochlik qurbonlarini xotirlash va sharaflash marosimida NEWSONE TV jurnalisti Violetta Tovkesga noma`lum shaxs hujum qildi. Tadbirni NEWSONE TV to`g`ridan to`g`ri namoyish namoyish etayotgan edi.
Muxbir ukrainaliklarga ochlik va siyosiy repressiyalar qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan qanday tadbirlar o`tkazilayotganini so`zlayotgan mahal soat 16: 03da unga niqob kiygan bir kishi yaqinlashib, uning qo`lidan mikrofonni urib erga tushirdi, tahdidli harakat ko`rsatib, qizni itarib qo`rqitib yubordi. Shu bilan birga, u hissiyot bilan biron narsani baqirib gapirib, ketib qoldi. Bu haqda kanal saytida xabar berdi.
Ammo jurnalist ko`rsatgan tahdiddan darrov o`zini o`nglab olib, efirni davom ettirdi.Tovkes buzilgan mikrofonni ko`rsatdi va hujum tufayli huquq-tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilishini aytdi.






