AsosiyJamiyat

Mutaxassislar Gripp kasalligiga beparvo bo`lmaslikka chaqirmoqda

'Mutaxassislar Gripp kasalligiga beparvo bo`lmaslikka chaqirmoqda'ning rasmi

Gripp eng keng va tez tarqaladigan o`tkir yukumli kasallik bo`lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati axborot xizmati xabar berishicha, gripp kasalligi ko`rsatrichlarini mavsumiy ko`tarilishi yilning noyabr - mart oylariga to`g`ri keladi.

Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil, ayniqsa zaif (nimjon, ya`ni immun xolati past) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, xomilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo`lganlarda ya`ni immuniteti past kishilarda tez rivojlanadi va og`ir kechadi.

Gripp virusining A, V va S turlari mavjud.

Gripp virusining A, V va S turlari mavjud.

      Kasallik manbai fakat bemor odam hisoblanadi. Kasallik atrofdagi sog`lom odamlargaasosanhavo-tomchi yo`li bilanbemoraksirganda, yo`talganda, gaplashgandatez yuqadi.  Havoda saqlanib turgan gripp virusi sog`lom odamga tezda yuqadi. Kasallikning birinchi belgilari paydo bo`lgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt o`tadi. Kasallik to`satdan, o`tkir boshlanadi.                                                          

       Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil, ayniqsa zaif (nimjon, ya`ni immun xolati past) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, xomilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo`lganlarda ya`ni immuniteti past kishilarda tez rivojlanadi va og`ir kechadi.

Gripp nafas yo`llarini  yallig`lanishi bilan boshlanib, keyinchanlik  bemorda tana xarorati 38-40 darajagako`tarilishi, bosh  va tomoq og`rishi, burun bitishi, burundan suyuklik ajralishi, yo`tal, mushaklarda  og`riq, holsizlik, ishtahani buzilishi ba`zi hollarda qusish xolatlari kuzatiladi. Kasallik bemorlarda  engil, o`rta va og`ir shakllarda kechadi.  Kasallikning eng xafli asoratlari o`pka to`qimalarini yallig`lanishi pnevmoniya (zotiljam), meningit (miya pardasining yallig`lanishi), meningoensefalit (miya pardasini va moddasining yallig`lanishi), otit (o`rta quloqning yallig`lanishi, sinusit (burun yondosh bo`shliklarning yallig`lanishi), nefrit, pielonefrit (buyrakning yallig`lanishi).     Shuning uchun ham, xalq orasida grippning o`zi emas, balki uning asoratlari yomon degan fikr bejiz aytilmagan.  Ba`zida, ya`ni  grippning engil shakllari bilan og`rigan bemorlar atrofdagilar uchun ko`proq xavf tug`diradi, chunki bunday bemorlar aksariyat hollarda uyida davolanmasdan, kasalligiga etarli darajada e`tibor bermay, oyokda o`tkazadilar. Ularni  kasal  holatida  jamoat  joylarda, barcha  trasportlarda, o`qish  va  ish joylarda  uchratish  mumkin.

Grippni oldini olishda quyidagilar tavsiya etilmoqda :

  •  grippga qarshi emlanish
  • mavsumga xos kiyinish
  • o`z vaqtida ovkatlanish va dam olish
  • xonalarni
  • vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va kunda namli tazolov ishlarini o`tkazish.
  • ishlab chiqarish korxonalari, davolash profilaktika va o`quv muassasalari, bolalar va qariyalar uylari, tashkilot va idoralarda hamda turar joy binolarida issiqlik rejimiga rioya qilish barcha xonalarning issiqlik harorati 22 darajadan past bo`lmasligi
  • kasallikni erta aniklash maksadida maktabgacha muassasalar, maktablarda kirish joylarida ertalabgi filtrni tashkil etishni va ertalabki filtrlar o`tkazilishiga e`tibor qaratilishini,
  • gripp va o`tkir respirator kasalliklariga xos bo`lgan simptomlar aniqlangan shaxslarni jamoaga qo`ymaslikni;
  • gripp va o`tkir respirator kasalliklariga gumon kilingan bolalarni izolyatorga joylashtirish xamda ota-onasiga va xududiy poliklinikaga xabar berishni;
  • ertalabgi filtr ishini amalga oshiradigan gripp va o`tkir respirator kasalliklarga gumon kilinib izolyatorga yotkizilgan bemorlarni parvarish kiladigan xodimlarni respirator (nikoblar) bilan ta`minlanishini;
  • o`kuv-tarbiya muassasalarida tanaffus paytida shamollatish rejimini tashkil kilishni;
  • maktabgacha tarbiya muassasalarida xar kuni bolalarni kamida 2 marotaba toza xavoga sayrga chikarishni;
  • barcha o`kuv-tarbiya muassasalarida sanitariya-targ`ibot ishlarini olib borishni
  • uyushgan jamoalarda konsert zallari kinoteatr, o`quv va ish joylarda kuniga vaqti bilan 3-4 marotaba shamollatib turish, xonalarda dezinfeksiya moddalarini qo`llangan holda namli tozalov ishlarini olib borishdir

   O`zingiz va atrofdagilar sog`lom bo`lishini xohlasangiz, gripp va o`tkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojat qiling va doimo quyidagilarga amal qiling:

  • gripp va o`tkir respirator virusli infeksiya (O`RVI) bilan og`rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yotishi va shifokorni uyiga chaqirishni
  • Kasallikni oyokda o`tkazmaslikni
  • Shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tutishni
  • Agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o`rin-ko`rpa ajratilib, kam harakat qilishni
  • Bemorga qarayotganlar burun va og`izlarini respirator yoki dokali niqob bilan to`sishlari va qo`llarini tez-tez sovunlab yuvib turishlarini
  • Bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tazalov ishlarini amalga oshirishni
  • Bemorlar ko`proq suyuqlik — quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo`ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste`mol qilinishi tavsiya etiladi
  • kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxonaga, o`qishga, kinoteatlarga, konsert zallariga, yig`ilishlarga, mehmonga) bormaslikni
  • yo`talganda va aksirganda og`iz-burninni ro`molcha bilan yopishni
  • o`zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og`ir asoratlarga olib kelishini unutmaslikni!

       Kasallikni oldini olishda tanani chiniqtirish, badantarbiya bilan muntazam shug`ullanish, ochiq havoda yurish, o`z vaqtida ovkatlanish alohida ahamiyatga ega. Ko`prok sovuq kunlarda issiq kiyinish, albatta bosh kiyim kiyish, oyoqlarni issiq bo`lishi muhimdir. Kasallik avj olgan paytda (dekabr, yanvar, fevral)  oylarida nafaqat epidemik jihatdan muxim bo`lgan korxonalar va tashkilotlar ishchi-xizmatchilariga balki barcha fuqoralarimizga niqob taqish tavsiya etiladi.

Kasallik qanday bo`lishidan qat`i nazar, inson salomatligi va turmush farovonligiga jiddiy putur etkazadi. Shu bois, sog`ligimizga bo`lgan mas`uliyatni chuqur his qilgan holda, mavsumiy kasalliklardan ehtiyot bo`laylik. Unutmang, kasallikni davolagandan ko`ra, uning oldini olgan afzal.

 

    Boshqa yangiliklar