Olmaliq shahar IIB xodimlari tomonidan "Xavfsiz hudud" tezkor profilaktik tadbiri davomida, 1986 yilda tug`ilgan D.E.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, vazni 1,4 kg marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Tergovga qadar surushtiruvda u muqaddam o`g`irlik, bosqinchilik va giyohvand moddalari savdosi bilan shug`ullangani uchun sudlanganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan D.E.ga nisbatan Olmaliq shahar IIB Tergov bo`limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






