AsosiyJamiyat

TDIU talabasi «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida g`alaba qozondi

'TDIU talabasi «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida g`alaba qozondi'ning rasmi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Dostonbek Rustamov Nursulton shahrida o`tkazilgan «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichidan «Raqamli iqtisodiyot va innovasiyalarni boshqarish» yo`nalishi bo`yicha ishtirok etib, faxrli I o`rinni egalladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy ta`lim muassasalari talabalarini qo`llab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qo`shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag`batlantirish hisoblanadi.

Tanlov natijalariga ko`ra, Dostonbek Rustamovning ilmiy ishlari, qo`lga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda I o`ringa munosib deb topildi va «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» yozuvi tushirilgan ko`krak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar