Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.
Qishloq xo`jaligi vazirligida mavjud bo`sh lavozimlardan birini tanlab, so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.
Nomzod bir vaqtning o`zida 3 ta bo`sh lavozim uchun ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish bo`yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron so`rovnomani to`ldirish orqali amalga oshiriladi.
Tanlov to`g`risidagi batafsil ma`lumotlar bilan O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligining rasmiy sayti https://agro.uz/uz/about/vacancies/ hamda +998 71 263-03-36, +998 71 260-36-87 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlar 2020 yil 27 noyabrdan 11 dekabrgacha qabul qilinadi.
Tanlovga jarayonlariga oid savollaringizga quyidagi havola orqali javob olishingiz mumkin:






