Pokistonda universitetga hujum uyushtirildi

Dunyo 20.01.2016, 14:58
Pokistonda universitetga hujum uyushtirildi

Pokiston shimoli-g`arbidagi Charsadda shahrida joylashgan universitetga 19 yanvar, chorshanba kuni ertalab bir nechta qurollangan shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, qurollangan shaxslar to`rt nafar bo`lgan. Ammo keyinroq jitnoyatchilarning sakkiz kishi bo`lganligi aniqlangan.

Hujum oqibatida halok bo`lganlar soni 25 taga etganligi ma`lum qilindi. Bu haqda mamlakat axborot vaziri Shavkat Yusufzay bayonot bergan.

Avvalroq mahalliy polisiya hujum qurbonlari soni 21 kishi bo`lganligini aytgan edi. Bundan tashqari, 50 kishining jarohatlangani ham ta`kidlanmoqda.

Hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” terrorchilik tashkilotining  Pokiston bo`linmasi o`z zimmasiga olgan. polisiya tomonidan hujum uyushtirgan terrorchilarning to`rt nafari yo`q qilingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1