Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 1 noyabr holatiga ko`ra, mamlakatimizga qiymati 64,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 781,7 ming dona mobil telefonlari import qilingan.
O`zbekiston 19 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O`zbekiston mobil telefonlarni eng ko`p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 556,6 ming dona
Vetnam – 143,4 ming dona
Hindiston – 36,7 ming dona
BAA – 23,9 ming dona
Rossiya – 11,3 ming dona
Ma`lumot o`rnida, mamlakatimizda 2019 yilda 235 ming dona qiymati 31,7 mlrd. so`mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog`i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.






