1

Reuters: ID jangarilari Suriyada garovga olingan 270 kishini ozod qildi

Dunyo 20.01.2016, 15:08
Reuters: ID jangarilari Suriyada garovga olingan 270 kishini ozod qildi

 “Islom davlati”(DAISh) jangarilari Suriyaning Dayr az-zor shahrida garovga olingan 400 kishidan 270 nafarini ozod qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“ID aksariyati ayollar va bolalardan iborat garovdagi 400 kishidan 270 nafarini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.

O`tgan yakshanba kuni “Islom davlati” (DAISh) terrorchilik harakati Suriyaning Dayr az-Zor shahridagi tinch aholini ommaviy qatl etganidan so`ng 400 kishini garovga olgani ma`lum qilingan edi.

Dayr az-Zor shahridagi qurolli to`qnashuvlarda 335 nafar tinch aholi vakillari halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1