AsosiyJamiyat

Navoiyda itni asrab qolmoqchi bo`lgan haydovchi halokatga uchradi

'Navoiyda itni asrab qolmoqchi bo`lgan haydovchi halokatga uchradi'ning rasmi

Karmana tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining “Karmana-Malikrabot” yo`nalishi bo`yicha 171 kilometrida “Damas” rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotgan haydovchi – 1986 yilda tug`ilgan, Karmana tumani, “Malikrabot” MFYda istiqomat qiluvchi A.B. rul boshqaruvini yo`qotib qo`yib, beton to`siqqa urilishi natijasida, yo`l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

 Oqibatda, avtomashina yo`lovchisi – 1968 yilda tug`ilgan, Karmana tumani, “Do`rmon” MFYda yashovchi fuqaro S.S. STEning xulosasiga ko`ra, “umurtqa suyagi sinish jarohati”ni olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari o`rganilganda, haydovchi yo`lning qatnov qismiga to`satdan yugurib chiqqan itni urib yubormaslikka harakat qilgan. Afsusuki, yuqori tezlikda harakatlanib kelayotganligi bois, boshqaruvni yo`qotib qo`yib, yo`l chetidagi beton to`siqqa urilgan va ag`darilgan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar