Namangan viloyati IIB YHXB bergan video ma`lumotga ko`ra, poezd bilan "Lasetti"ning to`qnashuvi ayanchli yakun topdi.
Halokat 25 noyabr kuni sodir bo`lgan. Qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasidan o`tayotgan mashina Andijondan kelayotgan yuk poezdi bilan to`qnashgan. Oqibatda "Lasetti" haydovchisining oilasi vafot etgan.
Holatni o`rganishga to`plangan mutaxassislar falokatning sababini haydovchining beparvoligi hamda mas`ullarning e`tiborsizligi va yo`lni yoritilmagani, kerakli jihozlar o`rnatilmaganligi bilan bog`lashdi.
Yig`ilganlar kelgusida bunday YPHlar sodir bo`lmasligi uchun kamchiliklarni bartaraf etishga kelishib olishdi.






