AsosiyJamiyat

O`qituvchilar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin

'O`qituvchilar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin'ning rasmi

"Pedagog xodimning maqomi to`g`risida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.

Loyihaga muvofiq, pedagoglarning pensiya yoshi besh yilga qisqartirilgan holda ularning imtiyozli pensiya olishi belgilanmoqda.

O`qituvchilarning lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga, yig`ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilinishi taqiqlanadi.

Pedagog xodimni majburiy mehnatga jalb qilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida o`rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek,  ularga ko`p yillik xizmatlari uchun bazaviy lavozim maoshining 15 foizidan 40 foizigacha har oylik ustama ish stajiga ko`ra to`lanadi.

Pedagoglar kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlanadi va 15 yil stajga ega xodimga yilda bir marta sog`lomlashtirish muassasalariga bepul yo`llanma beriladi.

    Boshqa yangiliklar