1

Olimlar yanvar oyida o`lim ko`p qayd etilishi sabablarini tushuntirdi

Dunyo 20.01.2016, 15:53
Olimlar yanvar oyida o`lim ko`p qayd etilishi sabablarini tushuntirdi

Statistik tadqiqotlarga ko`ra, yanvar oyi boshqa oylardan ko`p o`lim qayd etilishi darajasi bilan farqlanadi.

Olimlar nima uchun aynan yanvar oyida o`lim darajasi ko`payishi sabablarini tushuntirishga qaror qildi. Ma`lumotlarga ko`ra, odam hayoti bilan bog`liq mazkur ayanchli statistikaga salbiy ob-havo ko`rsatkichlari ta`sir qilar ekan.

Shuningdek, olimlarning ta`kidlashicha, yanvar oyi inson umriga psixologik omillar ta`siri kuchli bo`lishi bilan farq qiladi. Gap shundaki, yanvar inson uchun eng depressiv yil fasli sanaladi.

Odamlar bu davrda taqdirdan juda ko`p narsa kutadi, biroq orzular amalga oshmagach, tushkunlikka tushadi. Bundan tashqari bayramga sarflangan harajatlar, ob-havo ham inson ruhiyati tushkunligiga ta`sir ko`rsatadi.

Psixologlar yanvarni “ro`yobga chiqmagan orzular” davri deb atashdi. Aynan shu sababli ekspertlar juda ko`p o`lim holatlari aynan yanvar oyida qayd etilishini tushuntirdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1