️Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko`ra, viloyatda mavjud 1903 ko`p kvartirali uylar 161 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan bo`lib, ushbu ko`p kvartirali uylardagi umumiy joylarni, mavjud kommunikasiya tizimlarini va ko`p kvartirali uylarga tutash hududlarni yaxshi xolatda saqlanishini nazorat qilish hamda ko`p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko`rsatilishini ta`minlash shirkatlarning asosiy vazifasi etib belgilangan edi.
Afsuski shirkatlar bildirilgan ushbu ishonchni oqlay olishmadi. Natijada aholining majburiy badallardan qarzdorligi 3,5 milliard so`mdan oshib ketgan. Zarur mablag`larni o`z vaqtida yig`ilmasligi shirkatlar tomonidan aholiga ko`rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yanada yomonlashishiga olib kelgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida qo`p kvartirali uylarni boshqaruv tizimini takomillashtirish, Toshkent shahrining Yunusobod tumanlari tajribasidan kelib chiqib, shirkatlar o`rniga boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish va sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb etish bo`yicha topshiriq berilgan.
2019 yil 7 noyabrdagi “Ko`p kvartirali uylarni boshqarish to`g`risida” gi qonunda belgilangan tartibda axoli roziligi bilan mavjud 694 ta ko`p kvartirali uylarga xizmat ko`rsatayotgan 88 ta ko`p kvartirali uylani tugatib, 10 ta boshqaruv sevis kompaniyalarini tashkil etish rejasini ishlab chiqqan edi. Bugungi kunda ushbu rejani amaliyotga tadbiq etish bo`yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda keng ko`lamli ishlar boshlab yuborilgan.






