Bugun Hindiston raisligida videokonferensiya shaklida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Hukumat rahbarlari kengashi majlisi boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Majlisda O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, hukumat rahbarlari yangi koronavirus infeksiyasining iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish, ShHTga a`zo davlatlar iqtisodiyotini raqamlashtirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, milliy valyutalarda o`zaro hisob-kitob amaliyotini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Onlayn-anjuman doirasida 2035 yilgacha ko`p qirrali savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish bo`yicha 2012-2025 yillarga mo`ljallangan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish va Raqamli davrda olis va qishloq joylarni rivojlantirish bo`yicha hamkorlik konsepsiyasi bo`yicha fikr almashiladi.
Majlis ishtirokchilari ShHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyati bilan bog`liq masalalarni ham ko`rib chiqadi.
ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo`yicha Qo`shma kommyunike qabul qilinishi kutilmoqda.






