AsosiyJamiyat

Nega Toshkent shahrida ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda?

'Nega Toshkent shahrida ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda?'ning rasmi

Bu savolga SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi:

- Hozirgi vaqtda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, koronavirusga qarshi kurashishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan ayrim markazlar («Atlas», «Yoshlik») vaqtinchalik yopildi.

Taqsimlash markazlarining yopilish sabablaridan biri — koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygani bilan bog`liq.

Shuningdek, Toshkent shahrida taqsimlash markazlarining yopilishi, poytaxtda, umuman mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi.

To`g`ri, ko`plab mamlakatlarda koronavirus keng tarqalmoqda, ko`plab davlatlar ikkinchi to`lqindan aziyat chekmoqda. Bu bizni hushyorlikka chaqirishi lozim. Shunga ko`ra, bugungi kunda davlat va barcha manfaatdor vazirlik, idoralar epidemiologik vaziyatni nazorat qilish bo`yicha ishlar olib borishmoqda va kasallik dinamikasi oshganda yopilgan ob`ektlar qayta tezkor ravishda ochiladi.

Bundan tashqari, mamlakat shifokorlari va olimlari pandemiya davrida koronavirusga chalingan bemorlarni samarali davolash bo`yicha katta tajriba orttirishdi, shuningdek, kasbiy mahoratlarini ham oshirishdi.

Shuningdek, koronavirusga bemorlarini davolashga ixtisoslashgan barcha mavjud markazlar zarur yotoq-o`rinlari, tibbiyot uskunalari va dori vositalari bilan ta`minlangan, shuningdek, malakali tibbiyot xodimlari ham biriktirilgan. Markazlar yopilgan taqdirda ham ushbu ta`minotlar saqlanib qolinadi. Takroriy to`lqinda ushbu markazlar va resurslar aholiga qayta yuqori malakali yordam ko`rsatish uchun tiklanadi.

Boshqa yangiliklar