29 noyabr kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, mamlakatda shaxmat sportining rivojiga salmoqli hissa qo`shgan inson, taniqli sport sharhlovchisi Akrom Toshxo`jaev 66 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Akrom Toshxo`jaevning butun mehnat faoliyati O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida o`tgan. Uzoq yillar “O`zbekiston” telekanalida, 2004 yildan to nafaqaga chiqqunga qadar “Sport” teleradiokanalida ishlagan.
Ma`lumot o`rnida, Akrom Toshxo`jaev o`zbekistonlik birinchi va hozircha yagona jahon chempioni (kattalar o`rtasida) Rustam Qosimjonovning chempionlik toji uchun o`tkazgan o`yinlarini yuksak saviyada sharhlagan edi.






