AsosiyJamiyat

Dunyo pandemiya ustidan g`alaba qozonilgani haqida qachon gapirishni boshlaydi? Sog`liqni saqlash vaziri fikr bildirdi

'Dunyo pandemiya ustidan g`alaba qozonilgani haqida qachon gapirishni boshlaydi? Sog`liqni saqlash vaziri fikr bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibaev dunyo koronavirus pandemiyasi ustidan g`alaba qozonilgani haqida qachon gapirishni boshlashi borasida fikr bildirdi.

Vazirning so`zlariga ko`ra, o`tgan yaqin 30-40 yil ichida bunday keng ko`lamli pandemiya bo`lmaganini hisobga olgan holda o`zini hurmat qiluvchi hech bir kishi bu savolga aniq javob berishni zimmasiga olmaydi.

Olimlar va JSST mutaxassislari fikriga ko`ra, 2021 oxiriga qadar har holda koronavirus holatlari aniqlanib turadi. Lekin pandemiya jarayoni sekinlashib borishiga umid qilinmoqda.

“Aytaylik, 2021 yilning birinchi choragida ommaviy emlashni boshlaydigan mamlakatlar bor deb o`ylamayman. Hoynahoy bu 2021 yilning ikkinchi yarmida bo`ladi. Ommaviy emlash boshlanishi bilan esa biz dunyo tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich buning ustidan g`alabaga erishamiz”, - degan SSV rahbari.

    Boshqa yangiliklar