AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda nazoratsiz qolgan 4 yoshli bola molxonaga o`t qo`ydi, ota esa javobgarlikka tortildi

'Qashqadaryoda nazoratsiz qolgan 4 yoshli bola molxonaga o`t qo`ydi, ota esa javobgarlikka tortildi'ning rasmi

9 noyabr kuni Chiroqchi tumani, «Zarbdor» mahallasidagi aholi yashash xonadonlarining qo`shimcha xo`jalik xonalaridan birida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Chiroqchi tuman prokurori yordamchisi Jamshid Mirov Xalq so`ziga xabar qilmoqda.

9 noyabr kuni soat 12:29 da tumanning "Zarbdor mahallasi Chappariq qishlog`idagi X.N.ning molxonasida yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Xabar asosida voqea joyiga yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada etib borgan.

Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 13:00 da bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida molxonaning somonxona qismi yong`indan zararlangan.

Hodisada jarohatlangan va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`indan X,N ning molxonasi jiddiy zarar ko`rmagan. Yong`inning sababi X,N ning 2016 yilda tug`ilgan voyaga etmagan o`g`lining nazoratsiz qoldirilishi va yosh bolaning gugurt o`ynashi natijasida sodir bo`lgan.

Ushbu salbiy holat yuzasidan tuman hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha hududiy idoralararo komissiyasida huquqbuzar fuqaro, tuman prokuraturasi va Favqulodda vaziyatlar tuman bo`limi vakillari ishtirokida komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar voyaga etmagan N.B ning otasi X,N ga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, farzandini qarovsiz va nazoratsiz qoldirganligi uchun O`z.Res.MJtKning 47-moddasi bilan javobgarlik belgilandi.

    Boshqa yangiliklar