Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining ma`lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo`yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash bo`yicha markazlashtirilgan jamg`armaga 2021 yil uchun 150 mlrd. so`m miqdorida mablag` ajratilishi ko`zda tutilmoqda.
" - Bu o`tgan yillarda ayrim respublikadan biriktirilgan vakillarni qistovi bilan hokimliklar bosh-ketiga qaramay fuqaro va tadbirkorlarning bino, inshoot va turar joylarini buzib etkazilgan zararlar 2021 yilda ham to`liq qoplanmay qolishi mumkinligini ko`rsatmoqda.
Katta ehtimol bilan ushbu mablag` etmaydi.
Hurmatli vakil va hokimlarning «kompensasiyani olasan, mana men kafil, siyosatga qarshi chiqma» degan va`daga ishonib harakat qilish joysiz, ishsiz qolishning muqarrarligini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda.
Yaxshiyamki qish bor. Buzilishlar to`xtadi. Biroq oldinda bahor yana buzilish…
O`zi qasr uyda yashab, kambag`alni boshpanasini o`zboshimcha, deb buzadiganlar bor bo`lsin!", deydi xalq vakili.






