O`zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil 27 noyabr kuni qurilish ob`ektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi natijasida 1983 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi A.M. vafot etdi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar qildi.
Bosh konsulxona vaziyatni o`z nazoratiga oldi, hamyurtmizning jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko`rsatmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.






